Samarqanddagi 13 ta obyekt atrofida Wi-Fi zonalari tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: AFP

Ushbu zonalar Registon maydoni, Samarqand xalqaro aeroporti, Temiryo‘l vokzali, Hazrati Xizr masjidi, Afrosiyob muzeyi, Amir Temur maqbarasi, Xo‘ja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda ansambli, Ulug‘bek rasadxonasi, Bibixonim majmuasi, Al-Buxoriy majmuasi, Siyob bozori va Ulug‘bek avtoshohbekatida tashkil etilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan obyektlarda Wi-Fi tizimiga ulanganda, foydalanuvchiga bepul va pulli tarmoqdan foydalanish taklif etiladi.

Hozirgi kunda Wi-Fi zonalari sonini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.