Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi xodimlari tomonidan, tuman prokuraturasi va Markaziy bank viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda AT “Xalq banki” Denov filialida “Har bir oila — tadbirkor” davlat dasturi ijrosi ahvoli o‘rganib chiqildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Tekshirish jarayonida 12 nafar fuqarolarga issiqxona qurish uchun 319 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilganligi, bank tomonidan ushbu ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilganligi o‘rganilmaganligi natijasida, mijozlar tomonidan kreditlar maqsadsiz sarflanib yuborilgan bo‘lsa-da, kreditlar maqsadli ishlatilayotganligi haqida monitoring dalolatnomalari rasmiylashtirilib, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar kiritib, 319 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Denov filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.