19-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Jizzax klubi a’zosi Shahboz Jo‘rabekov hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqaga kelib yarim himoyachi Kaxi Maxaradze jizzaxliklarning 2-goliga mualliflik qildi (2:0). Shu tariqa OKMK o‘z maydonida kechgan bahsda “So‘g‘diyona”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mazkur o‘yindan so‘ng olmaliqliklar 7 ochko to‘plagan holda 11-o‘rinda bormoqda. “So‘g‘diyona” esa ochkolari sonini 12 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Superliga
9-tur bahslari
19-may, yakshanba
OKMK—“So‘g‘diyona” 0:2
Gollar: 0:1 — 4 Shahboz Jo‘rabekov, 0:2 — 89 Kaxi MaxaradzeOKMK: Nizomiddin Ziyovutdinov, Dilshod Jo‘rayev, San’at Shixov (Jasurbek Hakimov, 65), Zafar Polvonov, Jasur Hasanov, Mirg‘iyos Sulaymonov (Murodjon Toshmatov, 72), Akmal Shorahmedov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Komron Saydazimov (Shahzodbek Nurmatov, 84)
“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Iskandar Shoyqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboyev, 71), Oybek Nurmatov (Siroj Meliyev, 51), Shohruz Norxonov, Sherzod Shakirov, Daniel Nasriddinov (Saxob Rashidov, 79), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov
Ogohlantirishlar: Oybek Nurmatov (41), Jamshid Boltaboyev (84), Nikola Milinkovich (87), Jasur Hakimov (88)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)