2019-yil 13-may kuni soat 15:50 da Surxondaryo viloyat prokuraturasi, Termiz tuman prokuraturasi va Termiz tumani  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departament bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Begzada Najibullax jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudi raisi K.Nazarovga xizmat xonasida 500 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida jinoyat ustida ushlangan va ashyoviy dalillar olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Oliy sud

Begzada Najibullax – 1998-yil 29-sentabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasida tug‘ilgan, millati afg‘on, ma’lumoti o‘rta, vaqtincha ishsiz, P00723086 seriya raqamli pasporti 6-yanvar 2018-yilda Kabul Central Passports Department tomonidan berilgan, Afg‘oniston Islom Respublikasi Xayraton shahri, Saricho ko‘chasi raqamsiz uyda yashaydi,  Afg‘oniston Islom Respublikasi fuqarosi.

Mazkur holat yuzasidan tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.