O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida shu yilning 25—26-may kunlari “Hech bir ijobiy g‘oya e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida TECHNO DISCOVERY-2019 festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” umumqo‘shin dala o‘quv maydonida bo‘lib o‘tadigan ushbu festivalda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, boshqa vazirlik va idoralar xodimlari loyihalari bilan ishtirok etadi.
Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo‘ljallangan innovatsion loyihalar qabul qilinadi.
Loyihalar 30 soniyali video lavha va foto materiallar tarzida, ishlanma va ishtirokchi haqidagi to‘liq ma’lumotlar yozilgan holda (+998 93) 671-75-47 raqamning Telegram-mesenjeriga yuborilishi so‘raladi.
Izoh (0)