O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 12-may holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000—42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 33 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti — 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
13 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 13 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000–20 000 so‘m.
Guruch
4 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 000 – 15 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
7 200 so‘mdan 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12 500 so‘mgacha.
Un
1 500 so‘mdan 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning Farhod dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 2 200 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun eng arzon narx Toshkentagi Mirobod, Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un narxi 1 750—3 000 so‘m.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m.
1 kilogramm shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Termiz shahri Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida, Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida va Toshkentdagi Chorsu bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500 so‘m.
Tuxum
350 so‘mdan 700 so‘mgacha
Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350—700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 200 so‘mdan 4 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi “Farhod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu” bozorida kuzatildi – 2 500 – 4 000 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida hamda Toshkentdagi “Farhod”, “Mirobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan 11 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozori, Xorazmda Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori va Andijonda Yangi shahar bozorida qayd etildi – 13 000 – 15 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
800 so‘mdan 3500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘mgacha.
Izoh (0)