Kataloniyaning “Barselona” klubi Madridning “Atletiko” jamoasi hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olishga harakat qilmoqda. “Barselona” Madrid klubiga yangi taklif yubordi, deb xabar bermoqda Football Espana.

Foto: Daily Express

“Barselona” transfer shartnomasiga yarim himoyachi Filippe Koutinyoni ham qo‘shmoqchi. Ta’kidlanishicha, braziliyalik futbolchi kelishuvning bir qismiga aylanishga va faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishga rozilik bergan.

Avvalroq “Barselona” Koutinyoni sotib yuborishi haqida xabar berilgandi. Braziliyalik Antuan Grizmann kabi 100 million yevroga baholanmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!