Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 37-turda “Real Madrid” safarda “Real Sosyedad”ga yutqazib qo‘ydi (1:3).
Shu tariqa “Qirollik klubi” joriy mavsum La Liga doirasida 11 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
Gracenote Live’ning xabar berishicha, bu klubning XXI asrdagi eng yomon natijasi hisoblanadi.
Bundan tashqari “Real” 1998/99-yilgi mavsumdan buyon birinchi marta barcha musobaqalarni hisoblaganda 17 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar ayni damda La Liga jadvalida 3-o‘rinda boryapti. Zinedin Zidan jamoasi hisobida 68 ochko mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)