Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupov 10-may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi yuzasidan ushlangan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: “Xabar.uz”

Foto: “Xabar.uz”

Ma’lum qilishlaricha, Said-Abdulaziz Yusupov tomonidan juda katta miqdordagi ziyonni ko‘zda tutuvchi firibgarlik faktlarining sodir etilganligi aniqlanganligi nuqtai nazaridan hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi masalasi ko‘rilmoqda.

Aniqlanishicha, bu firibgarlik holati Yusupov tomonidan sodir etilgan retsidiv jinoyat hisoblanadi. U avval xam Jinoyat kodeksining shu moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganligi aniqlangan.

“Yusupov o‘zini yolg‘ondan Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi deb bildirib, uzoq vaqt davomida firibgarlik yo‘li bilan odamlardan juda katta miqdorda pul olganligi faktlari aniqlangan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi