9-may, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi yarim finalining javob o‘yinida “Arsenal” safarda “Valensiya”ni mag‘lub etdi (4:2, ilk uchrashuv — 3:1).
Mazkur bellashuvda London klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang 3 ta golga mualliflik qildi.
Squawka’ning xabar berishicha, Obameyang “Arsenal” tarixida Yevrokuboklar yarim finalida het-trikka erishgan ilk o‘yinchi bo‘ldi.
So‘nggi bor 2016-yilning dekabr oyida Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Arsenal” futbolchisi Lukas Peres “Bazel” darvozasiga 3 ta to‘p kiritgandi. Yarim final doirasida esa hech bir “to‘pchi” bu ishni uddasidan chiqa olmagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)