Fransiyaning Kre-an-Beldon kommunasida sinflar qisqartirilishiga qarshi bo‘lgan ota-onalar 15 ta qo‘yni o‘quvchilar safiga qo‘shdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Le Parisien

Sinflarni qisqartirish zarurati o‘quvchilar soni kamayishi bilan izohlangan. Ota-onalar, o‘z navbatida, bu chora sinflarda o‘quvchilarning o‘rtacha soni ko‘payishi va ta’lim sifati pasayishiga olib kelishidan shikoyat qilgan.

Natijada mahalliy fermer maktabga 15 ta qo‘zini yetaklab keldi va ular ta’lim muassasasi o‘quvchilari ro‘yxatiga kiritildi. Qo‘zilarning har biri tug‘ilganlik haqida guvohnomaga ega. Mazkur aksiyani mintaqa meri Jan-Lui Mare ham ma’qullagan.