Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor A.Asomov tomonidan undiruvchi S.Murodovaning foydasiga 6 nafar farzandlarining voyaga yetgunlariga qadar moddiy ta’minoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadlarining ikkidan bir qismi miqdorida aliment pulini to‘lab borishi belgilangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Biroq, shunga qaramasdan aliment pullari qarzdor A. Asomov tomonidan qasddan to‘lab berilmagan.
Shu sababli Nurobod tuman ma’muriy sudining qarori bilan A.Asomovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida Kodeksining 474-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Fuqaro A.Asomov Alimardon Abduraxmonovich ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqib, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, qasddan voyaga yetmagan 6 nafar farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelishi oqibatida bugungi kunga qadar qarzdorligi jami 20 million 867 ming so‘mni tashkil etgan.
Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Nurobod tuman bo‘limi tomonidan fuqaro A.Asomovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)