Fransiyaning janubiy hududlarida qor yog‘ishi, havoning sovishi va kuchli shamol kuzatilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Qor yog‘ishi yo‘llardagi transport harakatini murakkablashtirdi. Yer muzlash xavfi saqlanib qolmoqda.
5-may kuni Var va Bush-dyu-Ron shaharlarida qirg‘oq bo‘ylab shamol tezligi soatiga 140 kilometrni tashkil qildi. Hududda “olov rang” xavflilik darajasi e’lon qilindi.
Marselda mistral qirg‘oq bo‘ylab uch metr balandlikdagi to‘lqinlar kuzatildi. Shahardagi xavfli ob-havo tufayli bir qator namoyishlar va velotur poygalari bekor qilindi.
Ob-havo ma’lumotlariga qaraganda, havo yumshashi va yaxshilanishi dushanba kuniga qadar kutilmaydi.
Izoh (0)