O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 5-may holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 38 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida qayd etilgan – 32 000—42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
28 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Farxod dehqon bozori va Qoraqalpog‘istonning Nukus markaziy bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 28000 dan 38 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti — 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
13 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 13 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 14 000–20 000 so‘m.
Guruch
4 000 so‘mdan 16000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkentdagi “Chorsu” dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida kuzatilgan – 5 500 – 16 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
7200 so‘mdan 12 500 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx ham poytaxtda “Mirobod” dehqon bozorida qayd etilgan – 12500 so‘mgacha.
Un
1 500 so‘mdan 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning Farhod dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 2 200 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Surxondaryo viloyatining Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un narxi 1 500—2 000 so‘m.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Qo‘yliq dehqon bozori va Xorazmdagi Urganch Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 000 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan 5 500 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m.
1 kilogramm shakar uchun respublikadagi eng qimmat narx Termiz shahri Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahri Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorida va Xorazmda Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 – 5 500 so‘m.
Tuxum
350 so‘mdan 700 so‘mgacha
Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350—700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 200 so‘mdan 4 500 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farhod”, “Yunusobod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 200 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Buxoro shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 3 000 – 4 500 so‘mgacha.
Pomidor
5 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozori, Toshkentdagi “Farxod” va “Qo‘yliq” dehqon bozorida kuzatildi – 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi – 10 000 – 17 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
1 000 so‘mdan 3500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘mgacha.
Izoh (0)