Prezidentning joriy yil 23-aprel kunidagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi Farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti fahriylari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xonadonlariga tashrif buyurildi. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi Sh.D.Samandarov xabar berdi.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Urganch shahrida istiqomat qilayotgan Qurbonov Sobir ota, Qalandarov Jabbor ota hamda Xudayberegnov Allabergan otalar xonadonlarida bo‘lib bayram bilan qutlandi va ularning duolari olindi.
Shuningdek, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar Xiva tumani YoXB 4-XYoXK dispetcheri lavozimida xizmat qilgan safdor Masharipov Kamoliddin Vafoyevich, Urganch shahar YoXB 2-XYoXK yong‘in o‘chiruvchisi lavozimida xizmat qilgan safdor Yoqubov Dilshod Ilyosovich, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi Qidiruv-qutqaruv guruhi sardori lavozimida xizmat qiligan Rahimov Maqsud Egamberganovich, Suvda qutqaruv guruhi sardori lavozimida xizmat qilgan Sobirov Bahrom Yusupovich xonadonlarida bo‘lib, ularning oila a’zolari holidan xabar olinib, bayram bilan qutlandi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanib, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ishlari olib borildi.