Kafelarda jonivor boqish oxirgi paytlarda urfga kirib bormoqda. Istalgan mamlakatda qahva ichib, bir guruh mushuklar, itlar va hatto qo‘ylarni tomosha qilishingiz mumkin. Lekin Amix Coffee hammasidan o‘tib tushdi. U yerda siz oyoqlaringiz ostida suzib yurgan bir talay baliqlarni ko‘rishingiz mumkin. Travel Ask ushbu kafedan suratlar taqdim etdi.
Fotogalereya: “Baliqlarni bosib olmang” yoxud Vyetnamdagi noodatiy kafe
×