4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 35-turida muddatidan avval chempionlikni tantana qilgan Parijning PSJ klubi o‘z maydonida “Nitssa” bilan bahsga kirishdi.
Uchrashuvning 46-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Ignatius Ganago hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib parijliklar hujumchisi Neymar penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi (1:1).
Shu tariqa PSJ o‘z uyida “Nitssa” bilan durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Liga 1
35-tur bahsi
4-may, shanba
PSJ—“Nitssa” 1:1
Gollar: 0:1 – 46 Ganago, 1:1 – 60, penalti, NeymarPSJ: Areolya, Bernat, Kimpembe, Dani Alves, Markinyos, Draksler (Diabi, 66), Paredes (Kurzava, 66), Verratti, Di Mariya, Kavani, Neymar
“Nitssa”: Benites, Sarr, Dante, Erey, Attal, Danilo, Tamez, Sen-Maksimen (Le Bian, 75), Le-Melu, Byurne (Srarfi, 89), Ganago (Makengo, 61)
Ogohlantirishlar: Verratti (54), Attal (69), Dante (90), Kavani (90), Erey (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)