2019-yil 30-aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tuman Ichki ishlar organlari faoliyatni muvofiqlashtirish boshqarmasiga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 22-fevral kuni Soyg‘o‘s mahallasida yashovchi O‘.E. tanishi M.M.ning uyida, undan og‘irligi 10 476 kilogramm bo‘lgan mayiz mahsulotlarini 120 million so‘mga hisoblab olib ketganligi va O‘.E. pullarni shu kunga qadar bermasdan yurganligi ko‘rsatilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘.E. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)