Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining dastlabki o‘yinida Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi Londonning “Tottenhem” klubi o‘z maydonida Amsterdamning “Ayaks” jamoasini qabul qiladi.
Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, “shporlar” 1/4 finalda “Manchester Siti” bilan 4:4 hisobida durang o‘ynagandi. Biroq londonliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, mehmonda urilgan gollar sabab g‘alabani ilib ketgandi.
Niderlandiya klubi esa Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubidan ustun kelgandi (3:2).
YChL
1/2 final bahsi
30-aprel, seshanba
“Tottenhem”—“Ayaks” 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)