Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi xodimlari tomonidan“Yangihayot” mahallasida tabiiy gazdan foydalanishning qonuniyligi tekshirilganida fuqaro Akmal A. tomonidan tabiiy gaz hisoblagichi qasddan orqaga aylantirilgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqaro tabiiy gaz hisoblash uskunasiga o‘rnatilgan davlat tamg‘alariga qasddan shikast yetkazib, hisoblagich ko‘rsatgichlarini orqaga aylantirib, 14420,26 m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi oqibatida gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga5 604 856 so‘m miqdorida zarar yetkazganligi aniqlanib, zarar to‘liq undirildi.
Huquqbuzar Akmal A.ga nisbatan to‘plangan ma’muriy ish hujjatlari ko‘rib chiqilib, unga eng kam oylik ish haqining 5 baravari, ya’ni 1 013 650 so‘m miqdorida ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilib, jarima to‘liq undirildi.
Shuningdek, huquqbuzardan tabiiy gaz tarmog‘iga qayta ulanishi uchun eng kam oylik ish haqining 2 baravari, ya’ni 405 460 so‘m miqdorida qayta ulov to‘lovi undirildi.
Xonadon egasi ishlatilgan tabiiy gazdan nari borsa 300—400 ming so‘m “foyda” qilaman, deb o‘ylagan. Biroq, qing‘ir ishning qiyig‘i chiqib, 7 million so‘mdan ortiq xarajat qilishiga to‘g‘ri keldi.
Izoh (0)