Qozog‘iston Prezidentligiga nomzodlar davlat tilidan imtihon topshirishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda mamlakat tilshunoslik komissiyasi raisi Mirzatay Joldasbekov “Informbyuro” nashriga bergan ma’lumotiga tayanib, O‘zA xabar qiladi.
Unga ko‘ra, o‘tgan saylovlarda nomzodlarning ayrimlari qozoq tilidan imtihon topshirolmagan.
Ma’lumot uchun, nomzodlarga til bo‘yicha imtihonda uchta vazifa beriladi. Bular insho yozish, qozoq muallifi asaridan parcha o‘qish va 15 daqiqa nutq so‘zlab berishdan iborat.
Izoh (0)