Indoneziya hukumati mamlakat poytaxtini Jakartadan Yava oroliga ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” ma’lum qildi.
Poytaxtni ko‘chirish jarayoni uchun o‘n yilgacha vaqt ketishi mumkin. Poytaxt uchun uchta taxminiy shahar tanlangan. “Jakarta, bir vaqtning o‘zida ikkita muhim vazifani — moliya va siyosiy markaz bo‘lishni bajarishga qodir emas. Kamida uchta davlat o‘z poytaxtini allaqachon boshqa shaharlarga o‘zgartirgan. Biz ham bunday vazifani bajaramiz, deb o‘ylayman, ammo bu qattiq tayyorgarlikni talab qiladi”, — dedi prezident Joko Vidodo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi poytaxt uchun to‘g‘ri joy tanlanishi va zarur infratuzilmalar tayyorlanishi kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat poytaxtni ko‘chirishi mumkin bo‘lgan uchta joyni tanlagan. Xususan, Markaziy Kalimantan provinsiyasidagi Palankaraya shahri, Janubiy Kalimantan provinsiyasidagi Tanax Bumbu tumani va Sharqiy Kalimantan provinsiyasidagi Penajam tumanlari hududi tanlangan.
Indoneziya milliy rivojlanishni rejalashtirish vaziri Bambanga Brojonegoro so‘zlariga ko‘ra, poytaxtni ko‘chirish jarayoni o‘n yilgacha davom etishi mumkin.
Izoh (0)