29-aprel, dushanba kuni, Fransiyaning qirg‘oqlaridan 142 km masofada bo‘lgan Pont-Aven yo‘lovchi kemasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Plimut (Buyuk Britaniya) shahridan Santander (Ispaniya) shahriga yo‘l olgan kema komandasi erta tong 04:00 da mintaqaviy qutqaruv operatsiyalari markaziga kemaning dvigatel qismida yong‘in boshlangani haqida xabar bergan.
“Atlantika dengiz prefekti boshchiligida, o‘t o‘chiruvchilar guruhi bilan bir qatorda, qutqaruv vertolyoti va qutqaruv buksiri tayyorlandi. Soat 04:40 da kemada olov o‘chirilganligi va kema boshqaruvi nazoratga olinganligi haqida xabar keldi”, — deyiladi prefekturada.
Hozirgi vaqtda, kema Fransiya g‘arbidagi Finister portlaridan biriga suzmoqda. Pont-Aven kemasida 908 kishi bo‘lib, ulardan 142 nafari ekipaj a’zosi. Kema asosiy yo‘lovchilari Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Ispaniya va Polshaning fuqarolari hisoblanadi. Yo‘lovchi kema Fransiyaning Brittany Ferries kompaniyasiga tegishli.
Izoh (0)