Bloomberg O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasiga hamkorlik qilishni taklif qildi. Bu haqda bugun, 30-aprel Milliy matbuot markazida davlat statistika qo‘mitasi tashkil etgan tadbirda ma’lum qilingan, deb O‘zA ma’lumot beradi.
Bloomberg AQShning mashhur kompaniyalaridan bo‘lib, u moliyaviy axborotlarni yetkazib beruvchi jahondagi yetakchi ikki kompaniyaning biri hisoblanadi.
U moliya bozorining asosiy ishtirokchilariga moliyaviy yangiliklarni yetkazib beradi. Bloomberg Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanib, ularni o‘z Bloomberg TV, Bloomberg Markets, Bloomberg Business Week va boshqa manbalarida tarqatish niyatida ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)