Mutaxassislar qaysi smartfon yaxshi-yu, qaysi biri yomon ekanini aniqlashni qiyin deb topdi, deya ma’lum qiladi “Vesti Ekonomika”.
Agar faqat smartfon taqdim etadigan funksiyalarning o‘zini hisobga olganda, ancha oson bo‘lardi. Bu smartfonni baholashda muhim omil, ammo boshqa omillar ham bor. Narx, smartfon haqida qoldirilgan izohlar, dizayn ham alohida ahamiyatga ega.Quyida BusinessInsider mutaxassislari tomonidan tuzilgan Top-10 smartfonlar taqdim etilgan.
10. iPhone X
iPhone X — Apple korporatsiyasining iPhone turiga mansub smartfon. 2017-yil 12-sentabrda Stiv Jobs teatrida iPhone 8, iPhone 8 Plus bilan birga namoyish etilgan. U Apple A11 protsessori bilan ishlaydi.
2436×1125 hajmdagi Super Retina ekraniga ega, diagonali 5, dyuym, 458 ppi; Apple mahsulotlari ichida OLED texnologiyasini ishlatgan birinchi smartfon hisoblanadi.
Blokdan tez chiqarish va Apple Pay’ni tasdiqlash uchun yangi Face ID texnologiyasi o‘rnatilgan: u telefon egasining yuzidan tanib oladi. Asosiy kamera 12 megapiksel va ikkitali optik barqarorlashtirgichdan foydalanadi.
9. Samsung Galaxy S9 Plus
Samsung Galaxy S9+ 2018-yil 25-fevralda namoyish qilingan Samsung Electronics kompaniyasining smartfoni hisoblanadi. Samsung Galaxy S seriyasi tarkibiga kiradi.
Tanqidchilarning fikricha, telefon tashqi ko‘rinishi va vazifalariga ko‘ra, ko‘p jihatdan Galaxy S8 va S8+ smartfonlari bilan bir xil. Ammo yangi smartfonning narxi ancha yuqori.
Yangi apparatlarning kamerasi retsenzentlar tomonidan yuqori baholangan. Shuningdek, tanqidchilar tomonidan yuqori baho olgan yangiliklardan biri — barmoq izi skanerining joylashuvidir: S8 va S8+ smartfonlarida kamera yonida joylashgan edi, yangisida esa kameraning tagida joylashgan.
8. iPhone XS va iPhone XS Max
iPhone XS va iPhone XS Max 2018-yil 12-sentabrda iPhone XR bilan birga namoyish qilingan Apple korporatsiyasining smartfoni hisoblanadi. Apple A12 Bionic protsessori va iOS 12 operatsion tizimi bilan ishlaydi.
Orqa kamerasi 12 megapiksel, old kamerasi 7 megapiksel.
7. Samsung Galaxy Note 9
Samsung Galaxy Note 9 2018-yil yozda Rossiyada sotuvga qo‘yilgan.
Samsung avvalgi barcha eng yaxshi innovatsiyalarni bir modelga yig‘gan va texnik sozlikni a’lo darajaga ko‘targan.
6.Google Pixel 3 va Pixel 3 XL
Pixel 3 va Pixel 3 XL eng yaxshi kameraga ega smartfon hisoblanadi.
Pixel 3 selfi-kamerasi ikki obyektivdan iborat. Biri oddiy selfi uchun, ikkinchisi keng burchakli selfi uchun.
5. Galaxy S10
Samsung Galaxy S10 — 2019-yil 20-fevralda taqdimoti bo‘lib o‘tgan. Smartfon Infinity-O deb nomlanuvchi yangi texnologiyali ekranga ega.
Barmoq izlari skaneri yana o‘zgargan: endi u ultrtovushli va ekranning tagida joylashgan.
4. Galaxy S10 Plus
Dynamic Amoled displeyga ega — S10 va S10+ 3040x1440 pikselda ishlaydi.
Tomonlarining muvofiqligi — 19:9. Ekran diagonali — 6,4 dyuym.
3. iPhone XR
iPhone XR —Apple A12 Bionic protsessori va iOS 12 operatsion tizimi asosida ishlaydi.
Displeyi — Liquid Retina HD, diagonali 6,1 dyuym.
2. Galaxy S10e
Galaxy S10е, S10 va S10+ tashqi ko‘rinishidan S9 и S9+ smartfonlariga o‘xshash. Faqat yangi modelning old kamerasida Infinity-O’dan foydalanilgan.Ekran diagonali 5,8 dyuym, operativ xotirasi 6/8 gegabayt.
1. OnePlus 6T
Nashrning yozishicha, qurilmada raqiblariniki kabi ko‘p funksiyalar yo‘q. Ammo uning chiroyli dizayni, tez quvvat olishi va bu quvvatning uzoq vaqtga yetishi, ilovalari smartfonni yuqori pog‘onaga olib chiqqan.
Izoh (0)