Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida 4 ta uchrashuv yakunlandi.
Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Valyadolid”ni qabul qildi.
O‘yinning 66-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Xoakin Fernandes o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (0:1).
Shu tariqa madridliklar o‘z uyida kechgan bahsda “Valyadolid”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada “Atletiko” ochkolari sonini 74 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. “Valyadolid” esa 35 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
Musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan Leo Messi yetakchiligidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Levante”ni sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuvdagi yagona gol 62-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi tomonidan kiritildi (1:0). Shu tariqa “ko‘k-anor ranglilar” o‘z maydonida kechgan bahsda “Levante” ustidan g‘alaba qozondi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Barselona” 83 ochko jamg‘arib, muddatidan avval chempionlikni nishonladi.
La Liga
35-tur bahslari
27-aprel, shanba
“Atletik Bilbao”—“Alaves” 1:1
Gollar: 1:0 — 41 Echebarriya, 1:1 — 45 Gonsales“Atletiko Madrid”—“Valyadolid” 1:0
Gol: 1:0 — 66, avtogol, Fernandes“Leganes”—“Selta” 0:0
“Barselona”—“Levante” 1:0
Gol: 1:0 — 62 MessiYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)