28-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 36-turining markaziy uchrashuvida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” klubi bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvning 11-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Xuan Mata Kepa Arrisabalaga darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 43-daqiqaga kelib “aristokratlar” himoyachisi Markos Alonso hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa o‘yin durang natija bilan yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Mazkur bahsdan so‘ng “mankunianlar” 64 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Chelsi” hisobida esa 67 ochko mavjud va jamoa 4-pog‘onada bormoqda.
36-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
36-tur bahslari
28-aprel, yakshanba
“Manchester Yunayted”—“Chelsi” 1:1
Gollar: 1:0 — 11 Mata, 1:1 — 43 Alonso“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Bayi (Roxo, 71), Yang, Shou, Pogba, Matich, Mata (Maktominay, 81), Errera, Reshford (Sanches, 65), Lukaku
“Chelsi”: Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Ryudiger (Kristensen, 65), Aspilikueta, Kante, Kovachich (Loftus-Chik, 76), Azar, Jorjinyo, Villian (Pedro, 84), Iguain.
Ogohlantirishlar: Errera (43), Villian (52), Kovachich (53), Roxo (80), Yang (89)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)