Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 36-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul” o‘z maydonida “Haddersfild”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (5:0).
Uchrashuvning 15-soniyasidayoq maydon egalari yarim himoyachisi Nabi Keyta hisobni ochdi. Bu “qizillar”ning Premyer ligada urgan eng tezkor goli hisoblanadi, deb yozadi BBC.
Bundan tashqari 24 yoshli gvineyalik “Liverpul”ning joriy mavsumdagi 100-goliga ham mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Nabi Keyta joriy mavsum Premyer liga doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)