Shri-Lanka hukumati aholini 26-aprel kuni masjidlarda uyushtirilishi mumkin bo‘lgan terroristik hujumlarga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qiladi.
Avvalroq, tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi, keyinroq esa rasmiylar ushbu ma’lumotlarni tasdiqladi.
Masjidlar va boshqa aholi gavjum joylar himoyasi politsiya tomonidan kuchaytirildi.
Izoh (0)