Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 36-tur o‘yinlariga 26-aprel sanasida start beriladi.
Turning ilk bahsida Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” klubi o‘z maydonida “Haddersfild”ni sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, mersisaydliklar 35-turning safarda kechgan bahsida “Kardiff Siti”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:0).
27-aprel, shanba kuni musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Londonning “Tottenhem” jamoasi o‘z uyida “Vest Hem”ni qabul qiladi. Bahsga soat 16:30 da start beriladi. Ta’kidlash joiz, “shporlar” 33-turning qoldirilgan o‘yinida “Brayton” ustidan Kristian Eriksenning kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi (1:0).
28-aprel, yakshanba kuni Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” jamoasi mehmonda “Lester”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 16:00 d boshlanishi belgilangan. Eslatib o‘tamiz, “to‘pchilar” 31-turning kechiktirilgan bahsida “Vulverhempton”ga 1:3 hisobida taslim bo‘lgandi.
Musobaqa jadvalida peshqadamga aylanib olgan “Manchester Siti” safarda “Byornli” bilan o‘ynaydi. O‘yin soat 18:05 da boshlanishi belgilangan. Qayd etish joiz, “shaharliklar” Manchester derbisida “Yunayted” darvozasiga javobsiz 2 ta gol urib, g‘alaba qozongandi (2:0).
Turning markaziy uchrashuvida oxirgi paytlar omadi chopmayotgan “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida Londonning “Chelsi” klubi bilan bahsga kirishadi. Bellashuvga soat 20:30 da start beriladi. Eslatib o‘tamiz, “mankunianlar” 64 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. “Aristokratlar” hisobida esa 67 ochko mavjud va jamoa musobaqa jadvalida 4-pog‘onani egallagan.
35-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
APL
36-tur bahslari
26-aprel, juma
“Liverpul”—“Haddersfild” 00:00
27-aprel, shanba“Tottenhem”—“Vest Hem” 16:30
“Uotford”—“Vulverhempton” 19:00
“Kristal Pelas”—“Everton” 19:00
“Fulhem”—“Kardiff Siti” 19:00
“Sauthempton”—“Bornmut” 19:00
“Brayton”—“Nyukasl” 21:30
28-aprel, yakshanba“Lester”—“Arsenal” 16:00
“Byornli”—“Manchester Siti” 18:05
“Manchester Yunayted”—“Chelsi” 20:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)