Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish orqali aholining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi, bu haqda Spot xabar beradi.
Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, ko‘llar tizimini rivojlantirish orqali aholining baliq va baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, turizm salohiyatidan unumli foydalaniladi.
Hududda turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda havaskor va sport baliq ovi turizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 1-iyuldan boshlab Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining bo‘sh suv havzalari konturlarini tanlov asosida ijaraga berish E-ijro auksion yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.
Qarorga binoan Davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK tashkil etiladi. Direksiya tomonidan baliq ovlash mavsumi davomida har haftaning yakshanba kuni baliq va baliq mahsulotlari savdo yarmarkalari tashkil etiladi.
Izoh (0)