24-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 31-turida “Manchester Yunayted” safarda “Manchester Yuanyted”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Opta’ning xabar berishicha, “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Premyer liga doirasida “Old Trafford”da kechgan ketma-ket 3 ta o‘yinda g‘alaba qozongan birinchi mutaxassis bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola shogirdlarining ochkolari soni 89 taga yetdi va klub musobaqa jadvalida yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi. 2-o‘rinda borayotgan “Liverpul”da hisobida esa 88 ochko mavjud.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)