Xitoy hukumati Interpolning sobiq rahbari Men Xunveyning hibsga olingani haqida rasman e’lon qildi, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Bu uning hibsga olinganidan olti oy o‘tgach sodir bo‘ldi. Pekinda qachonlardir nufuzli xitoylik siyosatchining korrupsiyaga oid ish bo‘yicha so‘roq qilinayotgani haqida aytilmoqda.
Yaqinda u mamlakat kommunistik partiyasi safidan chiqarib yuborilgan edi. Avvalroq jahon hamjamiyati Pekinni Interpol boshlig‘ini hibsga olgani uchun tanqid qilgan.
Izoh (0)