O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida g‘oliblar aniqlanmoqda.
25-aprel kunidagi bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi.
23 yoshgacha bo‘lgan ayollar o‘rtasida 30 kilometr masofaga o‘tkazilgan bahsda Renata Baymetova 3-o‘rinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalni esa velosportchi Olga Zabelinskaya 30 kilometr masofaga kechgan poygada u eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, chempionatning 20 kilometr masofaga faxriylar o‘rtasida o‘tgan bellashuvda o‘zbekistonlik Nikolay Kovalenko bronza medaliga ega chiqdi.
Ma’lumot uchun, 26-aprel kuni o‘smir qizlar va bolalar hamda 23 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi guruh poygalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)