24-aprel kuni Amerikaning HHK RC-135V rusumidagi samolyotlari Rossiyaning chegaralari yaqinida razvedka ishlarini olib bordi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
G‘arbiy aviatsiya resurslari ma’lumotlariga ko‘ra, Kritdan jo‘nab ketgan KISS41 rusumidagi samolyot Katta Sochi bo‘ylab, so‘ngra Qrim va Kerch bo‘g‘ozi ustidan parvozni amalga oshirgan.
Havoda samolyotga KC-135R yonilg‘isi quyilgan.
Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyadan jo‘nab ketgan xuddi shu samolyot Murmansk viloyati hududida ham bir necha soat davomida parvoz qilgan.
Izoh (0)