Misrliklarning aksariyati — qariyb 89 foizi mamlakat konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga, jumladan, prezident vakolatlarini uzaytirishga ovoz bergan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 2030-yilga qadar o‘z lavozimida qolishi mumkin, deydi o‘z bayonotida mamlakat Milliy saylov komissiyasi rahbari Lyashin Ibrohim.
O‘zgartirishlar darhol kuchga kiradi. Saylovda qatnashish ko‘rsatkichi 44 foizni tashkil qilgan.
As-Sisi uchun joriy prezidentlik muddati ikkinchi sanaladi. U dastlab 2014-yilda, so‘ng 2018-yilda saylangan. O‘zgartirishlar uni mamlakatni to‘rt yil emas, balki olti yil — 2022-yilgacha boshqarish imkonini beradi. Bundan tashqari, Misr rahbari uchinchi muddatga saylanish huquqini ham qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, referendumdan so‘ng ular vitse-prezident lavozimini qaytarib, cheklangan vakolatli parlamentning yuqori palatasi — Senatni tuzadi. Prezident uning uchdan bir a’zolarini tanlashi mumkin. Bundan tashqari, ayollar, ishchilar, dehqonlar, yoshlar, nasroniylar va nogironlar uchun parlamentda vakillik qilish uchun maxsus kvotalar joriy etiladi. As-Sisi shuningdek sud organlarining Oliy kengashini boshqaradi.
Uch kunlik referendum Misrda 20-aprel kuni boshlangan.
Izoh (0)