Farg‘ona viloyati 2-sektor rahbari ishtirokida Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda Prezident Xalq qabulxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Qabul davomida 100 ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi va 72 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.
Murojaatlar asosan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash hamda kommunal masalalarga oid bo‘ldi.
Masalan, “Jo‘rak” qishlog‘ida yashovchi Q.Xoshimov ichimlik suvi tarmog‘i tortish, “Qapchug‘ay” qishlog‘ida yashovchi A.Parpiyev tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratish, “Ijodkor” ko‘chasida yashovchi J.Rahmatov kredit ajratish, “Sodiqov” ko‘chasida yashovchi I.Ismoilov mahalla qabristonini obodonlashtirish, “Chordara” ko‘chasida yashovchi A.Xomidov hajga borish, “Burbonliq” ko‘chasida yashovchi X.Madaliyeva yashash uyiga kadastr hujjati rasmiylashtirish, “Zilxa” qishlog‘ida yashovchi M.Xusanov elektr hisoblagich o‘rnatish, “Qurboshi” ko‘chasida yashovchi O.Muminova pensiya rasmiylashtirish, “Turkiston” ko‘chasida yashovchi M.Sultanov ishga joylashish,“Paxtakor” ko‘chasida yashovchi T.Mamatqulov nogironlik aravachasi berish masalasida yordam so‘rab murojaat qildi.
Sayyor qabul jarayonining o‘zida 11 nafar fuqaro ishga joylashtirilishi, 17 nafar fuqaroga 3 million so‘mga yaqin moddiy yordam berilishi, 10 nafarga yaqin fuqarolarning kommunal xo‘jalik bilan bog‘liq muammolari hal etilishi, 6 nafar voyaga yetmaganlar maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirilishi, 3 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, davolanishga yotqizilishi, 2 nafari ortopedik oyoq kiyim, 1 nafari nogironlik aravachasi va sihatgohga yo‘llanma berilishi ta’minlandi.
“Sog‘lig‘imni tiklash uchun sihatgohga yo‘llanma olishda yordam so‘radim. Murojaatim joyida hal etilib, “Oltiariq” sihatgohiga bepul yo‘llanma berildi”, — deydi “Qapchug‘ay” MFYda yashovchi G.Ergasheva.
“Farzandim uchun maxsus oyoq kiyim olish masalasida qilgan murojaatim joyida hal etildi”, — deydi “Yangiqo‘rg‘on” qishlog‘ida yashovchi D.Oxunjonova.
“160 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan tarmoqni yangilashda yordam berishingizni so‘rayman”, — deya murojaat qildi “Mustaqillik” ko‘chasida yashovchi A.Saidqulov.
Fuqaroning murojaati taalluqli idoralar vakillari ishtirokida o‘rganilib, chora-tadbir belgilandi.
Sayyor qabulda shu kabi ko‘plab murojaatlar ko‘rib chiqilib, aksariyati joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Izoh (0)