Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Toshkent IBBB tomonidan 1975-yilda tug‘ilgan Rustambek Karimov va 1971-yilda tug‘ilgan To‘lqin Astanovga nisbatan to‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Mazkur materiallar huquqiy baho berish maqsadida DXX tergov boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada R.Karimov va T.Astanovga tegishli mobil telefonlar xotiralarida mamlakatda faoliyati ta’qiqlangan ekstremistik tashkilotlarga tegishli va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar mavjudligi aniqlandi.

R.Karimov va T.Astanovning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan mazkur shaxslar ushlanib, DXX tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)