Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi joriy yilning 3-iyun kunigacha bo‘lib o‘tadi. Ungacha yangi saylangan prezident 41 yoshga to‘lishga ulguradi. “Tengrinews” dunyoda Zelenskiydan ham yosh bo‘lgan davlat va hukumat rahbarlarini keltirib o‘tdi.

Foto: “Tengrinews”

Dunyo bo‘yicha eng yosh rahbar bu Avtriya federal kansleri Sebastyan Kurs bo‘lib, u 32 yoshda.

Foto: Reuters

San-Marino respublikasida oliy siyosiy lavozimni ikkita kapitan-regentlar egallaydi. Ulardan biri 35 yoshli Mikele Muratori bo‘lib, u joriy yilning aprelida saylandi.

Foto: Ssd.sm

Gruziya Bosh vaziri Mumuka Baxtadze 36 yoshda.

Foto: Reuters

KXDR rahbari Kim Chen In 37 yoshda. U 27 yoshligida Shimoliy Koreya rahbari bo‘lgan.

Foto: Reuters

Qatar amiri Tamim ibn Hamad al-Tani 33 yoshida taxtga o‘tirgan. U mamlakat mustaqilikka erishganidan buyon eng yosh amir bo‘lgan.

Foto: Reuters

Djigme Kxesar Namgyal Vangchuk 2006-yildan buyon Butanning oltinchi qiroli hisoblanadi. U 26 yoshligida taxtga o‘tirgan. Hozirda monarx 39 yoshda.

Djigme Kxesar Namgyal Vangchuk va shahzoda Uilyam
Foto: Reuters

Kosta Rikani 39 yoshli Karlos Alvarado Kesada boshqarib kelmoqda.

Foto: Reuters

Yemenda mamlakatning asosiy rahbar organi Oliy siyosiy kengash hisoblanadi. O‘tgan yilning aprel oyidan boshlab uni 39 yoshli Maxdi al-Mashad egallab kelmoqda.

Foto: Reuters

Ro‘yxatning so‘nggi pog‘onasida 40 yoshli Leo Varadkar bo‘lib, u Irlandiya hukumati rahbari hisoblanadi.

Foto: Reuters