Rejissyor Timur Bekmambetov Tatriston prezidentining yordamchisi Natalya Fishmanga uylandi. Bu haqda “Тengrinews.kz” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, nikoh marosimi “Qozon” oilaviy markazida bo‘lib o‘tgan. U yerda FHDYo bo‘limi ham bor. To‘y faqat yaqin qarindoshlar va do‘stlar bilan o‘tkazilgan. Marosimdan so‘ng Fishman va Bekmambetov Kaban ko‘li bo‘yida piknik tashkil qilgan. Taklif qilinganlar orasida yirik biznesmenlar va yuqori martabali insonlar ham bor.
https://www.instagram.com/p/Bt_oOKpBMLq/?utm_source=ig_embed
Ma’lumotlarga ko‘ra, Fishman va Bekmambetovning ishqiy munosabatlari 2018-yil yozda boshlangan. Bekmambetov birgalikda tushgan rasmlarini ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Juftlik futbol chempionatining matchiga ham birga borgan.
https://www.instagram.com/p/BwjXJgcBWLe/?utm_source=ig_embed
https://www.instagram.com/p/BwjXUt8BVmK/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)