18-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Koreya elektronikalar texnologiya instituti (KETI) vakillari tashrif buyurdi, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati.
Uchrashuv chog‘ida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik doirasida kelajakda haydovchisiz boshqariluvchi avtomobillar — Autonomus driving car V2X texnologiyasini rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Korea Elektronika texnologiyalari instituti Janubiy Koreyaning besh shahrida o‘z filiallariga ega bo‘lib, “Axborot va aloqa”, “Mexanika va rabototexnika”, “Sun’iy intillekt”, “Aqlli shahar”, “3D printer”, “Biotexnologiya”, “Qishloq xo‘jaligiga AKTni joriy qilish” yo‘nalishlari bo‘yicha jahonning turli nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar olib boradi.
Izoh (0)