Shri-Lankada sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida 290 kishi halok bo‘lgan, 500 ga yaqin odam tan jarohati olgan, deya xabar beradi “Kommersant.ru”. Ilgari 207 nafar halok bo‘lganlar haqida xabar berilgandi.
Hujumlarga aloqadorlikda gumon qilinib, 13 kishi hibsga olingan. Ta’kidlanishicha, mahbuslar mahalliy aholi bo‘lib, hozirda ularning “chet eldagi aloqalari” tekshirilmoqda.
Shri-Lankadagi portlashlar Pasxa bayrami marosimida mahalliy vaqt bilan soat 8:45da sodir bo‘lgan. Uchta cherkov va uchta mehmonxonaga hujum qilingan. Yettinchi va sakkizinchi hujumlar bir necha soatdan so‘ng, ulardan biri yakshanba kuni odam gavjum bo‘ladigan Kolombo shaharchasida joylashgan hayvonot bog‘ida amalga oshirilgan.
Yana bir hujum, orolning eng yirik xalqaro aeroporti Bandaranaike yaqinida amalga oshirilishi mumkin edi, ammo harbiylar portlovchi moslamani yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ichida bomba bo‘lgan shubhali xalta yo‘lda yotgan.
Izoh (0)