22-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 4-turining javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
“B” guruhidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekistonning amaldagi chempioni Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki o‘yinda “temiryo‘lchilar” Jidda klubiga 2:3 hisobida yutqazgandi.
Ma’lumot uchun, toshkentliklar ayni damda 3 ochko to‘plab, guruhda so‘nggi o‘rinda bormoqda. “Al-Ittihod” esa 6 ochko bilan 2-pog‘onani band qilib turibdi.
Shu kuni Toshkentning boshqa bir klubi “Paxtakor” Qatarda “As-Sadd”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 21:00 da start oladi.
Ta’kidlash joiz, toshkentliklar o‘z uyida kechgan bahsda qatarliklar bilan durang o‘ynagandi (2:2). O‘shanda Xavi dublga erishgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” 5 ochko jamg‘argan holda “D” guruhida yetakchilik qilmoqda.
OChL
4-tur bahslari
22-aprel, dushanba
“B” guruhi
“Lokomotiv”—“Al-Ittihod” 18:00 (2:3)
“D” guruhi“As-Sadd”—“Paxtakor” 21:00 (2:2)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)