O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil dekabrida Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidagi tashabbusga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali o‘qituvchisi Rashidxon Shukurov o‘z hissasini qo‘shdi, bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy Telegram-kanali
ma’lumot beradi.
U dastlab Orolbo‘yining iqlimiga mos ko‘chatlar ekish maqsadida terakning “Kaliforniya” navi, Xitoy teragi, qoratol qalamchalari, bodom va yana bir nechta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini sinovdan o‘tkazadi.
O‘zDSMI rektori Ibrohim Yo‘ldoshev ko‘magi hamda jamoa yordami bilan 100 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari maxsus yuk mashinada Mo‘ynoqqa olib boriladi.
Mo‘ynoq tuman hokimi Saylovboy Daniyarov tumanning Orolga qo‘shilib ketgan yeridan 4 gektar joy bog‘ uchun ajratib beradi.
Va nihoyat O‘zDSMI hamda uning Farg‘ona va Nukus mintaqaviy filiallari xodimlari, talabalarning sa’y-harakatlari bilan Mo‘ynoqda bog‘ barpo etildi.
Daraxtzor tuman hokimining taklifi bilan “Qo‘qon bog‘i” nomi bilan yuritiladi.
Izoh (0)