Ko‘z nurini yo‘qotgan 16 yoshli yaponiyalik Mitsuxiro Ivamoto 12 metrli Dream Weaver yaxtasida Tinch okeanini suzib o‘tdi, deya xabar beradi “TJournal”.
Unga amerikalik shturman Duglas Smit yordam bergan, ammo qayd etilishicha, u boshqaruvga aralashmagan. 24-fevral kuni kichik kema San-Diyego portidan yo‘lga chiqqan va 20-aprel kuni ertalab Yaponiyaning Fukusima perfekturasi Ivaki portida to‘xtagan.
Bu Ivamoto tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi urinishdir — dastlabki urinishni u 2013-yilda amalga oshirgan, biroq unda kema cho‘kib ketgan. 2018-yilda u GoFundMe orqali mablag‘ to‘plashga kirishgan. Yig‘ilgan pullarni u ko‘zi ojizlikka olib keladigan kasalliklarni o‘rganish uchun xayriya qilishga va’da bergan.
Izoh (0)