Yaqinda Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyida o‘tkaziladigan “Amir Temur maqbarasining o‘rganilish tarixidan” deb nomlangan ko‘rgazmada Sohibqironning archadan yasalgan tobuti namoyish etiladi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.
Ushbu tobut 1941-yilda Amir Temur maqbarasida o‘tkazilgan qazishmalarda topilgan. Namlik tufayli ancha yemirilgan tobutni arxeologiya instituti ta’mirlovchisi, kimyo fanlari nomzodi Sharif Ilhomov 1975-yilda ta’mirlagan.
Mazkur eksponat hozirda Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi muzeyida saqlanmoqda.
Izoh (0)