21-aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer Ligasining 35-turi doirasida 2 ta bellashuv nihoyasiga yetdi.
Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Kristal Pelas” bilan o‘ynadi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Kristian Benteke Bernd Leno darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 47-daqiqaga kelib londonliklar yarim himoyachisi Mesut O‘zil Aleksandr Lyakazett uzatmasini golga aylantirdi (1:1). 61-daqiqada esa yarim himoyachi Uilfred Zaha “Kristal Pelas”ni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Oradan 8 daqiqa o‘tib Jeyms Makartur hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi. 77-daqiqada “to‘pchilar” yetakchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni qisqartirdi (3:2).
Shu tariqa “Arsenal” o‘z uyida “Kristal Pelas”ga yutqazib qo‘ydi va 3 ochkodan mahrum bo‘ldi.
Kunning so‘nggi o‘yinida Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Kardiff Siti”ni sinovdan o‘tkazdi.
O‘yin davomida Jorjinio Veynaldum (57) hamda Jeyms Milner (81, penalti) kiritgan gollar mersisaydliklarga g‘alaba keltirdi (2:0).
Mazkur bahsdan so‘ng “Liverpul” ochkolari sonini 88 ochkoga yetkazib, musobaqa yetakchisiga aylanib oldi.
APL
35-tur bahslari
21-aprel, yakshanba
“Arsenal”—“Kristal Pelas” 2:3
Gollar: 0:1 — 17 Benteke, 1:1 — 47 O‘zil, 1:2 — 61 Zaha, 1:3 — 69 Makartur, 2:3 — 77 Obameyang“Kardiff Siti”—“Liverpul” 0:2
Gollar: 0:1 — 57 Veynaldum, 0:2 — 81, penalti MilnerYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)