20-aprel, shanba kuni Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati doirasida ikkinchi kunning so‘nggi jangi ham nihoyasiga yetdi.
Unda -48 kg vazn toifasi vakili Fotimaxon Tursunboyeva o‘zining ilk jangini vyetnamlik Nxi Nguyenga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi va musobaqani erta yakunladi.
Avvalroq erkaklar o‘rtasida -75 kg vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Isroil Madrimov vyetnamlik Trung Vuni qiyinchiliksiz mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)