O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 18-aprel kuni Jizzax shahrida “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari” rahbarlari uchun “Maishiy zo‘rlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusida respublika metodik seminar-treningi tashkil etildi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu seminar-treningda respublikaning barcha hududlaridan 250 nafar “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi” rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Nurmatova, shuningdek, O‘zbekiston IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “Yuksalish” umummilliy harakati nodavlat-notijorat tashkiloti vakillarining ma’ruzalari hamda ular tomonidan berilgan metodik tavsiyalar muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Seminar-trening ishtirokchilari o‘zlari bergan savollarga to‘liq javob oldi va Jizzax viloyati Markazida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tashkilotchilar tomonidan kelgusida hududlardagi markazlar faoliyatini rivojlantirish, ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish masalalarida markaz rahbarlariga kerakli maslahatlar berildi.
Izoh (0)