Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hukumat va vazirliklar o‘rtasida investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish, tinch maqsadda fazoni tadqiq etish, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlik, sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Koreya markazini tashkil etishga oid va boshqa hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan brifingda Prezidentlar an’anaviy do‘stlik, ochiqlik va o‘zaro anglashuv ruhida kechgan muzokaralar natijalaridan mamnunligini alohida ta’kidladi.

“Muloqotlarimiz O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga to‘la mosligini, xalqaro va mintaqaviy muammolar, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha pozitsiyalarimiz yaqin ekanini namoyish etdi. Bugun imzolangan Alohida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Dunyoning diqqat markazida bo‘lib kelayotgan O‘zbekiston Prezidentiga chuqur hurmatimni bildiraman. Shavkat Mirziyoyev hamma sohalardagi – siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy hayotga doir islohotlari bilan O‘zbekistonni yangi taraqqiyot bosqichi sari yetaklamoqda. Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tardik. Uni hayotga tatbiq etish mexanizmlari, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilib, istiqbolli kelishuvlarga erishdik, – dedi Mun Chje In.

Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolangani alohida ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)